El boshiga ish tushganda
Topshiriqlar ijrosi – amalda
Topshiriqlar ijrosi – amalda
Muhtaram yurtboshimiz raisligida 22-aprel kuni oʻtkazilgan aholi bandligini taʼminlash va daromadi keskin kamayishining oldini olish masalalari boʻyicha videoslektor yigʻilishida berilgan topshiriqlarning Navoiy viloyati Konimex tumanida bajarilishini oʻrganib chiqdik.
Tumanda bu borada muayyan ishlar amalga oshirilgan. Tumanda yil boshida ishsizlik darajasi 1 ming 296 nafarni tashkil etgan boʻlsa, bugungi kungi kunga kelib bu koʻrsatkich 2 ming 865 taga yetgan. Hozirgi kunda tumanda ishsiz qolgan va ehtiyojmand aholi roʻyxati shakllantirilib, ulardan karantindan oldin ham ishsiz boʻlgan va kunlik daromad asosida yashab kelgan fuqarolarni faol mehnat orqali ish bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda. Mavjud ishsizlardan 545 nafari jamoat ishlariga jalb qilingan boʻlsa, 250 nafar yoshlar yangidan tashkil etilgan 5 ta koorporatsiyalarga ishga joylashtirilgan. Joriy yilda tumanda 11 ta yangi loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan va unga 66 nafar ishsiz jalb etilishi koʻzda tutilgan.
Hozirgi kunda ushbu koorparatsiya yerlarida ish qizgʻin bormoqda. Hozirgacha sabzi, bulgʻor qalampiri, pomidor kabi meva-savzovotlar ekilgan boʻlsa, bugun erta piyoz, qovun-tarvuz kabi ekinlarni ekishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Bundan tashqari, tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan tumandagi ishsiz va ehtiyojmand oilalardan 100 nafariga 22 million 300 ming soʻmlik urugʻlik va koʻchatlar olib berilgan. Tomorqasi bor-u, lekin suv muammosi mavjud 20 ta oilaga 2 million 230 ming soʻm mablagʻ ajratilib, quduq qazilib, suv chiqarilgan.
Oʻrganishlar natijasi shuni koʻrsatdi-ki, Konimex tumanida aholi bandligini taʼminlash, tomorqadan foydalanish bilan bogʻliq ishlar samarali ravishda amalga oshirilayotganligi, butun jahonni qamrab olgan pandemiya davrida aholining davlatimiz olib borayotgan siyosatini qoʻllab-quvvatlab, faqat saxovat va koʻmakka qarab qolmasdan, bor imkoniyat va yaratilayotgan sharoitlardan foydalanib, qiyinchiliklarni birga yengib oʻtish yoʻlida birdamlik bilan ish olib borayotganligini koʻrsatadi.
Akshagul TULEGENOVA,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi deputati,
OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzosi