Sönggi yangiliklar
Noyabr 2026
| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
EL BOSHIGA ISH TUSHGANDA: moʻl va sifatli hosil yetishtiramiz

Xalqimiz yerni boqsang, yer seni boqadi, degan maqolni bejiz aytmagan.
Xalqimiz yerni boqsang, yer seni boqadi, degan maqolni bejiz aytmagan. Yer maydonlaridan unumli foydalanishga eʼtibor kuchaytirilayotgani yil boʻyi arzon, sifatli meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirishga qulay imkoniyat yaratdi. Bunday qoʻshimcha daromad evaziga oilalar farovonligi ortmoqda.
Ushbu sinalgan tajriba hozir mamlakatimizda ancha ommalashgan. Xususan, Fargʻona viloyati tumanlari aholisi tomorqadan unumli foydalanishning hadisini olgan. Ular ertaki, oʻrtaki va toʻqsonbosti usulida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini parvarishlab, qoʻshimcha daromad topmoqda. Oʻzbekiston tumani “Oʻqchi” MFYda yashovchi Nizomjon Rahmonov tomorqasidagi issiqxonada bodring va turli koʻkatlar parvarishlaydi.
– Aslida tomorqa koni foyda, – deydi Nizomjon aka. – Biz har kuni 100-150 kilo bodring terib olamiz. Hozir mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tufayli eʼlon qilingan karantin davrida tumanimizda tashkil etilgan koʻchma savdo bozorlariga mahsulot yetkazib beryapmiz. Bu orqali xalqimiz dasturxoni moʻl-koʻl boʻlishida ozgina boʻlsa ham hissa qoʻshayotganimizdan xursandmiz. Oilamdagilar ham issiqxonadagi ishlarda asosiy koʻmakchi.
Bugungi sharoitda uydan chiqmagan holda ishni tashkil qilganimiz, avvalo, oʻzimizga foyda. Shunday boʻlsa ham ommaviy axborot vositalari orqali boʻlayotgan yangiliklarni muntazam kuzatamiz. Pandemiya davrida barcha davlat va jamoat tashkilotlari qoʻldan kelgan yordamni qilyapti. Xususan, Prezidentimiz 14-aprel kuni qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini yana-da rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari boʻyicha oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida ham bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish orqali yuqori hosil olish boʻyicha muhim topshiriqlarni aytgani bejiz emas. Pandemiya va karantin qancha vaqt davom etishidan qatʼiy nazar, meva-sabzavotchilik va chorvachilik tarmoqlarida mahsulot yetishtirish hajmini ikki barobarga oshirish vazifasi qoʻyilmoqda.
Biz kabi issiqxona egalari bu jarayonda faol ishtirok etamiz.
https://uza.uz/posts/221799
Ulaşiş




