EL BOSHIGA ISH TUSHGANDA: bir koʻngil imorati – ming Makka ziyorati
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Gulobod” MFYda yashovchi Kamoliddin bobo Jamilov turmush oʻrtogʻi Bibimarziya ona bilan maslahatlashib savobli ishga qoʻl urdi.
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Gulobod” MFYda yashovchi Kamoliddin bobo Jamilov turmush oʻrtogʻi Bibimarziya ona bilan maslahatlashib savobli ishga qoʻl urdi.
Ular muqaddas Haj ziyorati uchun toʻplagan 70 million soʻm pulini el boshiga ish tushgan shu kunlarda xayru saxovat yoʻlida sarfladi.
Gap shundaki, “Gulobod” MFY aholisi shu kungacha 1964-yilda oʻrnatilgan transformatordan foydalanar, uning eskiligi sabab elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilardi. Kamoliddin bobo Haj uchun yiqqan pulidan mahallaga yangi transformator oʻrnatib berdi.
Saxovatli, savobtalab insonlar yaxshiligi mukofotsiz qolmaydi, albatta. Zero, bir koʻngil imorati – ming Makka ziyorati, deydi xalqimiz.