EL BOSHIGA ISH TUSHGANDA
Ehtiyojmand insonlarga yordam qoʻlini choʻzishning savobi katta.
Savob ishni har kim har kuni qilishi kerak
Ehtiyojmand insonlarga yordam qoʻlini choʻzishning savobi katta. Ayniqsa, butun dunyoda boʻlgani kabi, yurtimiz aholisi ham koronavirus pandemiyasi tufayli sinovli kunlarni boshdan kechirayotgan hozirgi paytda xayriya ishlari bir-biriga ulanayotgani kishi qalbiga yorugʻlik olib kiradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tumanlarida ham hokimliklar hamda xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari tashabbuskorligida kam taʼminlangan oilalarga oziq-ovqat va gigiyena mahsulotlari tarqatilmoqda. Xususan, Boʻzatov tumanida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Komiljon Qodirov boshchiligida yordamga muhtoj 34 ta oilaga un va guruch mahsulotlari berildi.