O‘zbekistonda agro – oziq - ovqat sohasidagi barcha mahsulot yetishtiruvchi va ishlab chiqaruvchilar uchun mintaqaviy hamda xalqaro bozorga vositachilarsiz, mutlaqo bepul chiqish imkonini beradigan “rural-cluster.org” savdo-axborot portali ishga tushdi.

Portal «Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonning organik xo‘jaliklari hamda o‘rmon mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi bozorlarida kengaytirish va rivojlantirish» loyihasi — “ELSOFP CA” doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, Yevropa komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladi.

– Ushbu axborot resursi loyiha ishtirokchilari bo‘lgan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlarida mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda o‘rmon xo‘jaligida yog‘ochsiz materiallarni ishlab chiqarish tizimida ijobiy o‘zgarishlar uchun sharoit yaratadi, – deydi Yevropa Ittifoqi vakili Sharlotta Adrian. – Bu o‘zgarishlar tabiiy resurslar, xususan, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va yaylov yerlarini barqaror boshqarishni ta’minlaydi. Natijada atrof-muhitga yetkazilayotgan salbiy ta’sirlarni kamaytirish, iqtisodiyotning jadal usullaridan farqli o‘laroq, tabiiy bioxilma-xillikni oshirishga xizmat qiladi.

Platforma hamma uchun ochiq. Internet portali bir nechta bo‘limdan iborat bo‘lib, savdo-sotiq qismida xaridorlar va riteyl vakillari uchun keng ko‘lamdagi mahsulotlar taqdim qilinadi. Bu bo‘limda fermer va o‘rmon xo‘jaliklarining joylashuvi haqida ma’lumotlar, ishlab chiqaruvchilardan qiziqarli takliflar olish, xaridorlarni izlab topish, ular bilan onlayn bog‘lanish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

Agar ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini eksport qilish tajribasiga ega bo‘lmasa, u holda, portalning axborot qismi asqotadi. Unda xalqaro standartlarni tatbiq etish va barcha kerakli eksport hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv marketing qo‘llanmalar, eksport bo‘yicha foydali materiallar mavjud. Ulardan foydalanishda hech qanday cheklovlar kiritilmagan bo‘lib, portal barcha uchun birdek ochiq.

Shuningdek, foydalanuvchilar mazkur platformada xalqaro savdo jarayonlarida ishtirok etish bilan birga, mutaxassislardan zarur maslahat, eksportni boshlash va savdoni yo‘lga qo‘yishda ko‘mak olishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, sotuvchi va xaridorni bir-biri bilan bog‘lashga xizmat qiladigan onlayn platforma har ikki tomon manfaatlarini birdek himoya qilgan holda sifatli savdo-sotiq aloqalarini olib borish hamda O‘zbekiston mahsulotlarining xorijga eksport hajmini oshirishga keng yo‘l ochadi.

Ye.Qanoatov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksportga ko‘maklashadigan savdo-axborot portali ish boshladi