Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshaboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.

Suhbat davomida mamlakat eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan yo‘nalishlar – mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini kuchaytirish, tashqi savdoni kengaytirish va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Mahsulotlarimizning xorijiy bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash, logistika infratuzilmasini rivojlantirish hamda xorijdagi O‘zbekiston elchixonalari bilan hamkorlikni faollashtirish orqali mahalliy mahsulotlarni yanada kengroq targ‘ib qilish va yangi xorijiy kompaniyalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari, jumladan maslahat xizmati, xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish, sertifikatlash va marketing faoliyatini kuchaytirish muhimligi qayd etildi. Bunday sa’y-harakatlar O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtiradi.

Janob Chakrabarti amalga oshirilayotgan islohotlar natijasini yuksak baholab, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar targ‘ibotini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Tomonlar eksport infratuzilmasini rivojlantirish va xorijdagi savdo maslahatchilari bilan hamkorlikni kuchaytirish yo‘nalishida hamkorlikni davom ettirishga tayyorliklarini bildirdi.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yanada takomillashtiriladi