Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ortmoqda
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasida A markadagi soda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun zarur bo‘lgan uskunalar o‘tgan yilning dekabr oyida olib kelingan edi.

Ta’kidlash joiz, jahon bozorida A markadagi mahsulotlarga bo‘lgan talab ortmoqda. Jumladan, ushbu mahsulotga Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va boshqa bir qator davlatlardan talab kelib tushmoqda.

Korxona mutaxassislarining ta’kidlashicha, joriy yilda 80 ming tonna A markadagi soda ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Dovud Abibullayev, O‘zA