Urganch shahrida "Biz tabiat himoyachilarimiz" shiori ostida"Ekozakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining zakovatli talabalari ekologik bilim va tushunchalarini sinovdan o‘tkazishdi. 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyat kengashi tashabbusi bilan "Zakovat intellektual klubi" NNT hamkorligida “Biz tabiat himoyachilarimiz” shiori ostida o‘tkazilgan intellektual o‘yinda ishtirokchilarga tabiatni asrash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish borasida savollar berildi.

– Tadbir nafaqat bilimlarni mustahkamlash, balki yosh avlod qalbida Vatanga, tabiatga, ekologik qadriyatlarga nisbatan hurmat va mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qildi, – deydi "Zakovat intellektual klubi" nodavlat notijorat tashkiloti koordinatori Azamat Matkarimov. – Quvonarlisi, ishtirok etgan talabalarning ekologiya bilan bog‘liq savollarga zukkolik bilan javob berishgani. Ular deyarli barcha savollarga to‘g‘ri javob berishdi. Bu ularning ta’lim olishlari barobarida ona tabiatimizga ham befarq emasliklarini anglatadi. 

Yoshlarning ekologik tafakkurini kengaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda ekologik qadriyatlarni chuqur anglashlari uchun zamin yaratadigan o‘yin natijalariga ko‘ra, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining “Jayxun” jamoasi uchinchi, Urganch tibbiyot institutining “Jayxun” jamoasi ikkinchi va Urganch davlat pedagogika institutining “Feneks” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. 

Tadbir so‘nggida g‘olib va faol jamoalar tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Bu kabi intellektual musobaqalar yoshlarni ekologik muammolarga e’tiborli bo‘lishga undab, ularning tafakkurini hamda jamiyatda ijtimoiy faolligini oshiradi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0vLuItv8X2k" title="Ekozakovat”chilar tabiat himoyachilari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat, video), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ekozakovat”chilar tabiat himoyachilari (+video)