Ekopolitsiya xodimlariga qarşilik körsatildi
Tabiat boyliklarini asrab-avaylaş, biologik xilma-xillikni saqlaş va ekologik qonunbuzarliklarga murosasiz munosabatni şakllantiriş bugungi kunda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan ekologik siyosatning muhim yönalişlaridan biridir. Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan atrof-muhitni muhofaza qiliş, noyob tabiiy hududlar va hayvonot dunyosini asrab-avaylaş, ekologik nazoratni kuçaytiriş borasida izçil çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Biroq ayrim fuqarolarning tabiatga nisbatan masʼuliyatsiz munosabati, belgilangan taqiq va talablarga rioya etmasligi bu boradagi saʼy-harakatlarga jiddiy tösiq bölmoqda. Xususan, Buxoro viloyatining Peşku tumanidagi Qoraqir massivida joylaşgan muhofaza etiladigan hududda Ekologik politsiya xodimlari tomonidan ötkazilgan navbatdagi reyd tadbirlari davomida noqonuniy ov holati aniqlandi.
Maʼlum bölişiça, Peşku tumanida yaşovçi beş nafar fuqaro muhofaza etiladigan hududda taqiqlangan tungi yoritiş moslamasidan foydalanib, ov quroli yordamida noqonuniy ov bilan şuğullangan. Natijada ular tomonidan 13 boş quyon ovlangani maʼlum bölgan.
Holatni aniqlaş va qonunbuzarlikka çek qöyiş jarayonida ekopolitsiya xodimlari harakatlanib kelayotgan “UAZ” rusumli avtomaşinani tekşiriş uçun töxtatgan. Biroq avtomaşinada bölgan fuqarolar xodimlarning qonuniy talablariga böysunmasdan, ularga qarşilik körsatgan. Bu jarayonda ekopolitsiya xodimlariga tan jarohatlari yetkazilgan.
Jabrlangan xodimlardan biriga zudlik bilan birinçi tibbiy yordam körsatilib, u şifoxonaga yotqizilgan. Voqea joyiga tuman içki işlar bölimi xodimlari ham jalb etilgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Huquqbuzarlik holatlariga qonuniy baho berilib, tekşiruv natijalari böyiça qöşimça maʼlumot taqdim etilişi bildirilgan.
Taʼkidlaş lozimki, Qoraqir kabi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar nafaqat bugungi avlod, balki kelajak avlodlar uçun ham bebaho ekologik boylik hisoblanadi. Ulardagi hayvonot va ösimlik dunyosini asraş, tabiiy muvozanatni saqlaş har bir fuqaroning burçi va masʼuliyatidir.
Ayniqsa, noqonuniy ovçilikka yöl qöymaslik, tabiatni muhofaza qilişga qaratilgan qonuniy talablarga hurmat bilan munosabatda böliş muhim. Zero, tabiatga yetkazilgan zarar faqat bugungi kun bilan çeklanmaydi, uning salbiy oqibatlari kelgusi avlodlar hayotida ham namoyon bölişi mumkin.
Qonun talablariga böysunmaslik va davlat xizmatçilarining qonuniy faoliyatiga qarşilik körsatişga esa har qanday holatda ham qonun doirasida baho berilişi lozim.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri