Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida respublikada, shu jumladan Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduhakimovning axboroti eshitilmoqda.

— Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni hal etish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish borasida tizimli ishlar qilinmoqda, — dedi Aziz Abduhakimov. — Bu borada “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida va boshqa hujjatlarda ham vazifalar belgilangan.  

Atmosfera ifloslanishining tabiiy va atropogen omillari bor. Havoning ifloslanishiga quruqlik, yog‘ingarchilikning kamaygani, transport vositalari va sanoat zonalaridan chiqayotgan moddalar, yashillikning kamayishi kabilar sabab bo‘lmoqda.  

Toshkent atmosfera bo‘yicha qizil toifadagi shaharlar sirasiga kirmoqda. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘lmoqda:  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5HG9T2n2Qvc" title="Ekologiya vaziri: Toshkentning bosh shaharsozlik rejasi yoʻq" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

— Shaharsozlik bosh rejasi tasdiqlanmasdan qurilish bo‘lyapti. Yashil zona qayerda bo‘lsa, o‘sha yerda qurilish amalga oshirilmasligi kerak. Lekin bosh reja bo‘lmagani bois biz bilolmayapmiz. Masalan, so‘nggi 5 yilda Toshkentda 5400 ta ob’ekt barpo etilgan.  

Daraxtlar kesishga moratoriy e’lon qilinganiga qaramay, kesish holatlari ko‘paymoqda.  

2022 yilda poytaxtda 715 ming mashina bo‘lgan bo‘lsa, 403 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar havoga chiqarilgan. 2023 yilda esa transportlar soni 775 mingga yetgan. Yana 300 mingga yaqin mashina viloyatlardan keladi. Ya’ni, hozir Toshkentga 1 millionta mashina kirib-chiqadi, 450 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar havoga chiqariladi, — dedi vazir.  

Eshituv davom etmoqda.  

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologiya vaziri: Toshkentning bosh shaharsozlik rejasi yo‘q (+video)