FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan 2024 yil va 2025 yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Viloyatda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2024 yil bahor va kuz mavsumida jami 17 million 868 ming 910 tup iqlim sharoitiga mos mevali, manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi. Transport vositalaridan atmosfera havosiga zararli tashlamalarni kamaytirish maqsadida ikki bosqichli “Toza havo” oyligi tadbiri davomida 12 ming 954 ta transport vositasi ekologik nazoratdan o‘tkazildi. Atmosfera havosini ifloslanishining oldini olish bo‘yicha esa 16 ta yirik sanoat korxonasida 36 dona chang-gazlarni ushlab qoluvchi filtrlar o‘rnatilish ishlar davom etmoqda.  

[gallery-23386]

Ta’kidlanganidek, viloyat hududida jami 8 ta tabiiy suv havzasi, jumladan Qoraqir, Og‘itma, Zamonbobo, Qumsulton, Devxona, Hadicha, Zikri ko‘llari hamda Dengizko‘l mavjud. Shuningdek, 17 ta kanal hamda 9 ming 416 kilometr kanal, kollektor va zovur bor. Ushbu suv manbalarini zararli ta’sirlardan muhofaza qilish doimiy e’tiborda.  

O‘rmonlarni rivojlantirish bo‘yicha ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilgani, hozirda viloyatda 9 ta o‘rmon xo‘jaligi mavjudligi ham tadbirda aytib o‘tildi. Umumiy maydoni 540 ming gektarli xo‘jalikning o‘rmon bilan qoplangan maydoni 464 ming gektarni tashkil qiladi. O‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 370 gektar yer maydonida dorivor o‘simliklar plantatsiyalari barpo etilgan. Shuningdek, 13 million 221 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari va nihollari ekilib, parvarishlanayotir.  

Matbuot anjumanida bioxilmaxillikni asrash borasida amalga oshirilgan ishlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Qayd etildiki, viloyatda hozirda hayvonot dunyosining 312 turi mavjud bo‘lib, shundan, 32 turi (21 turi qushlar, 6 turi baliqlar, 5 turi sudralib yuruvchi hamda sut emizuvchi hayvonlar) O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologiya va atrof-muhitni muhofa qilish – e’tiborda