O‘zbekistonda atrof-muhitga nisbatan munosabat hamon salbiyligicha qolmoqda. “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob jonzotlarning brakonerlar tomonidan ovlanayotgani, boshpanasiz jonivorlarning ommaviy zaharlanayotgani, yovvoyi hayvonlarni qishloq joylarda o‘ldirish hamon barham topmagani, shuningdek, atrof-muhitga zararli chiqindilarni tashlash, noyob turdagi o‘simlik va daraxtlarni kesish holatlari davom etayotganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Bugun ekologik muammolar bilan yuzma-yuz qolayotgan jamiyatimiz oldida yagona yo‘l bor, u ham bo‘lsa, tabiat bilan uyg‘unlikni his qilish, uni asrashdir. Shunday ekan, savol tug‘iladi — ekologiya va atrof-muhit muhofazasini nazorat qiladigan biror bir davlat organi bormi? Qonunchiligimizga ko‘ra ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanyaptimi? 

Bu borada mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash va sohada sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, 2013 yilda Davlat ekologiya qo‘mitasi tarkibida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi tashkil etildi.

Mazkur inspeksiya hozirgi kunda ham ekologiya sohasidagi qonunbuzilish holatlari ustidan nazorat olib boradi. Joriy yilning o‘zida inspeksiya tomonidan:

  • sohaga oid qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan 26 610 nafar shaxs aniqlandi;
  • qonunbuzarlarga 31 mlrd so‘m ma’muriy jarima va tabiatga yetkazilgan zararlar hisoblanib, 13,8 mlrd so‘m yoki 68% summa undirib olindi;
  • 40 mingdan ortiq korxona va fuqarolar uchun soha bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘tkazildi;
  • sohaga oid aniqlangan qonunbuzarliklar soni 2022 yilning shu davriga nisbatan 81 foiz, belgilangan jarimalar summasi esa 104 foizni tashkil etdi;
  • 73 ta holat bo‘yicha 5,2 mlrd so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga kiritildi;
  • brakonerlikka qarshi kurash tadbirlari davomida davlat inspektorlari tomonidan jami 3 569 ta huquqbuzarlik holati (o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va noqonuniy baliq ovi) aniqlangan bo‘lib, huquqbuzarlarga nisbatan jami 7,1 mlrd so‘m jarima va 6,9 mlrd so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi;
  • 359 m3 saksovullarni noqonuniy kesgan 229 nafar huquqbuzarga 797 mln so‘m jarima va zararlar belgilandi;
  • daraxt va butalarni noqonuniy kesgan 2533 ta shaxsga 10,6 mlrd so‘m jarima va zararlar belgilandi;
  • Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida 88 dan ortiq reyd tadbirlari o‘tkazilib, 34 dan ortiq huquqbuzarga 109 mln so‘mdan ortiq jarima va zarar summalari belgilandi;
  • huquqbuzarlardan 837 dona hayvon va parranda, 253 kg baliq, 20,9 tonna dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklar, 93 ta inventarlar (ov qurol, aslaxa, to‘rlar, elektr qarmoqlar) olib qo‘yildi.

Shuningdek, hozirgi kunda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalari bilan hamkorligi o‘rnatilgan. Bundan maqsad — ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari ijrosi so‘zsiz ta’minlanishini nazorat qilish.

Bugungi kunda Hukumatning tegishli karorlari asosida uning maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlari takomillashtirilmok. Bu esa o‘z navbatida:

Atrof-muhit va ekologiyani muhofaza qilish — tabiiy resurslarni kelajak avlod uchun saqlashni ta’minlaydi. Ushbu sohadagi talab va standartlarga rioya etilishini nazorat qilish — ekologik ofatlarning oldini oladi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar va noqonuniy xatti-harakatlarning aniqlanishi — tegishli jazo va choralarni qo‘llash imkonini beradi, bu esa nazoratni kuchaytirish va kelgusida bunday huquqbuzarliklarning oldini olishga yordam beradi.

Odamlar uchun toza va sog‘lom muhit yaratish, biologik xilma-xillikni va aholi salomatligini asrashda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya bo‘yicha qonunchilik ijrosini nazorat qilish alohida ahamiyatga ega.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologiya sohasida qonunbuzarlik sodir etganlar qanday jazoga tortilmoqda?