Munosabat

Ma’lumki, iqlim o‘zgarishlari bugungi kunda asosiy global tahdidga aylanib, geosiyosiy keskinlikning kuchayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ona sayyoramizda iqlim o‘zgarishi va ekologik vaziyatning keskinlashuvi, bioxilma-xillikning qisqarishi, atrof-muhit ifloslanishi va tabiiy resurslarning kamayishi bilan bog‘liq. Ochig‘i, bugun ekologik xatarlar kun sayin yanada jiddiy tus olmoqda.

Barqaror rivojlanish yo‘lida eng asosiy tahdidlardan biriga aylangan ushbu masala ayni paytda hatto, dunyodagi geosiyosiy vaziyatga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.

Hozir dunyoda 3,6 milliard kishi iqlim o‘zgarishidan sezilarli darajada aziyat chekayotgan hududlarda yashamoqda. Ikki milliard odam esa toza ichimlik suvidan bahramand bo‘la olmayapti. Buning ustiga, har yili 600 million kishi sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqadigan xavfli kasalliklardan jabr ko‘rmoqda. Havoning haddan tashqari isib ketishi bilan bog‘liq o‘lim darajasi ham tobora ko‘payib bormoqda.

O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi dunyo bo‘yicha iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p zarar ko‘rayotgan mintaqalardan biridir. Ko‘p yillik meteorologik kuzatishlar so‘nggi 30 yilda mintaqamizda favqulodda jazirama kunlar soni 2 marta ko‘paygani, o‘rtacha havo haroratining oshib borishi ham dunyodagi umumiy ko‘rsatkichlardan 2 barobar yuqori ekanligi hamda tog‘lardagi muzliklar maydonining uchdan bir qismi erib bitganini ko‘rsatmoqda.

Bunday muammolarni tizimli hal etish choralari ko‘rilmasa, yaqin yigirma yilda mintaqamizdagi ikkita yirik daryo — Amudaryo va Sirdaryoning suvi keskin kamayishi bashorat qilinmoqda.

Bu davrda aholi jon boshiga suv bilan ta’minlanish darajasi 25 foizga, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi esa 40 foizga qisqargani holda, ayrim hududlarda suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoj uch barobar oshishiga olib kelishi mumkin.

Tahlillarga ko‘ra, suv taqchilligi tufayli mintaqamiz davlatlari hozirning o‘zida har yili qariyb 2 milliard AQSH dollari miqdorida zarar ko‘rmoqda. Yillar o‘tib ushbu iqtisodiy zarar yalpi mintaqaviy mahsulotning 11 foiziga yetishi mumkin. Ya’ni mintaqamizda suv taqchilligi muammosi allaqachon muqarrar tus olgani va bundan buyon tobora chuqurlashib borishi achchiq haqiqatdir.

Turli tabiiy ofatlar, shiddatli demografik o‘sish, urbanizatsiya jarayonlari va sanoatlashuv natijasida yuzaga kelayotgan texnogen omillar ham mintaqada suv ta’minoti, ekologiya bilan bog‘liq vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bu muammolarni hal qilish masalasi O‘zbekiston uchun dolzarb ahamiyatga ega. Negaki, bizning mamlakatimiz dunyodagi eng katta ekologik ofat — Orol fojiasini bevosita o‘z boshidan o‘tkazmoqda.

Xalqimiz global isish, ekologik muvozanat buzilishi bilan bog‘liq anomal ob-havo sharoitlari, tez-tez yuz berayotgan qurg‘oqchilik va chang bo‘ronlari, yerlarning shiddat bilan degradatsiyaga uchrashi va cho‘llanishi, bioxilma-xillikning tobora qisqarib borishi, qishloq xo‘jaligi hosildorligining pasayishi, ichimlik suvi taqchilligi, havoning ifloslanishi shaklida jiddiy tahdidlar bilan yuzma-yuz yashamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 yilning 11-13 noyabr kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining hadli konvensiyasi tomonlarining 29-sessiyasi (COP29)da ishtirok etdi.

Ushbu tashrif doirasida ekologik va barqaror rivojlanish sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator muhim tadbirlar va uchrashuvlar o‘tkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 noyabr kuni Boku shahrida o‘tgan BMTning COP29 doirasidagi Jahon yetakchilari sammitining yalpi majlisida nutq so‘zladi.

Prezidentimiz nutqi davomida O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha pozitsiyasini bayon qildi va global iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini birgalikda yengib o‘tish maqsadida aniq tashabbuslarni ilgari surdi.

Shuningdek, Prezidentimiz mazkur konferensiyaga mezbonlik qilgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazib, ekologiya va energetika sohalaridagi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

Asrlar davomida mavjud bo‘lgan yaxshi qo‘shnichilik an’analari Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari, jumladan, O‘zbekiston uchun ham ayniqsa muhimdir. Ozarbayjon O‘zbekistonning Janubiy Kavkaz mintaqasidagi asosiy sherigi hisoblanadi. Mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik tobora ko‘proq geosiyosiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlari ulkan salohiyatga ega ekani va ham Janubiy Kavkaz, ham butun Markaziy Osiyo uchun barqaror taraqqiyotni ta’minlashda muhim rol o‘ynashi mumkinligini davr tasdiqlamoqda.

Keyingi vaqtlarda Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanib bormoqda.

O‘zbekiston Ozarbayjon bilan mintaqaviy hamkorlikning muhim masalalarini hal etuvchi BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti bo‘yicha maxsus dasturi (SPEKA) doirasida hamkorlik qiladi. SPEKAning suv-energetika resurslari bo‘yicha loyiha-ishchi guruhi iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilishga qaratilgan.

Hozirgi kunda yarim milliard dollarlik qo‘shma loyihalarni moliyalashtirishga tayyor O‘zbekiston – Ozarbayjon qo‘shma investitsiya kompaniyasi faoliyat yuritmoqda. Ozarbayjonning yirik developer kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda, to‘qimachilik kompaniyalarimiz esa Ozarbayjon bozorida ish olib bormoqda. Kelgusi yili Ozarbayjonda avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha to‘liq loyihamiz ishga tushiriladi.

Bundan tashqari, ushbu davlat rasmiylariga ko‘ra, Markaziy Osiyo “yashil” energetika yo‘laklarini rivojlantirishda katta salohiyatga egadir.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, COP29 doirasidagi tadbirlar va uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar va ekologik hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha rejalar nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo nihoyatda ahamiyatlidir. Ushbu tadbirlar O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha global sa’y-harakatlarda faol ishtirok etish va bu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga intilishini yana bir bor namoyon qildi.

Usmonjon Bo‘tayev,

O‘zbekiston Milliy universiteti professori,

siyosiy fanlar doktori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologik masalalarni hal etishda xalqaro hamkorlik muhim ahamiyatga ega