Namanganda 21-sentyabr – Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan ekologik aksiya oʻtkazildi. Unda 300 dan ziyod tabiat jonkuyari ishtirok etdi.

Tadbir Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Namangan viloyati kengashi, Oʻzbekiston Ekologik harakati Namangan viloyati hududiy boʻlinmasi va boshqa bir qator davlat hamda jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida boʻlib oʻtgan tadbirda partiya faollari, ekolog olimlar, koʻngilli yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Unda viloyatda ekologik muvozanatni saqlab turish, suv va havo sofligini, tuproq, oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrab-avaylash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu boradagi muammolar va muhim vazifalar haqida oʻzaro fikr almashildi.

– Ekologiyaning barcha yoʻnalishlari boʻyicha davlatimiz rahbari va hukumatning oʻnlab qarorlari qabul qilingan, – deydi viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi A.Jalilov. – Biroq, ularning ijrosini taʼminlashda faqat bizning tizimimiz faoliyatining oʻzi bilan maqsadga erishib boʻlmaydi. Zero, tabiatimiz – osmon va zaminimiz, suvimiz, havomiz, oʻsimlik va hayvonot dunyomizning bardavomligi butun jamiyatning hamjihatlikdagi ezgu harakatiga bogʻliq. Bugungi tadbirdan koʻzda tutilgan maqsad keng jamoatchilik eʼtiborini ekologik muammolarga tortish va ularni bartaraf etish yoʻlida birlashgan holda faol ishtirok etishga undashdir.

Targʻibot tadbirining amaliy namunasi tarzida madaniyat va istirohat bogʻi hududi chiqindilardan tozalandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologik aksiya hamjihatlikka undadi
Жамият
20:53 / 23:09:2019