Ehtiyot bo‘ling “A” yo‘lakda jarima qo‘llash boshlangan (+video)
O‘tgan yil oxirida Toshkent shahrida jamoat transporti uchun alohida yo‘laklar tashkil etila boshlangandi. Bugungi kunga qadar ular ko‘plab markaziy ko‘chalarda mavjud. 1 dekabrdan Toshkent shahrida avtobuslar harakati uchun tashkil etilgan maxsus yo‘lakda harakatlangan transport vositalariga nisbatan jarima qo‘llash boshlandi.
Kameralar yo‘nalishli transport vositalarining harakati uchun mo‘ljallangan (“A” harfi chizilgan) yo‘lakda:
sababsiz o‘tib to‘xtagan;
harakatlangan;
avtobuslarning harakatiga xalaqit bergan;
qoldirib ketilgan transport vositalarini qayd etadi.
Ma’lumot uchun, transport vazirligixabarlariga ko‘ra, 2023 yilda Toshkent shahrida avtobuslar uchun 48,2 km alohida ajratilgan yo‘laklar tashkil etilgan. Belgilangan alohida yo‘laklarda bir kunda 16 ming avtobus qatnovi amalga oshirilib, ularda qariyb 600 ming yo‘lovchi tashilmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/u0UQN13ErF8" title="Ehtiyot bo‘ling “A” yo‘lakda jarima qo‘llash boshlangan" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Avtomobildan foydalanishda yo‘l harakati xavsizligiga rioya qilish ham naqdingizni, ham vaqtingizni tejaydi. Bizni kuzatishda davom eting.
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA