Shu kunlarda aholining yer uchastkalari va ko‘chmas mulk ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, uning huquqiy kafolatini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyatida «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Burxon Minasipov ma’lumotiga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi xodimlari aloqador soha vakillaridan iborat ishchi guruh aholining yer uchastkalari va ko‘chmas mulk ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va uning huquqiy kafolatini ta’minlash maqsadida «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlarini olib bordi.  

O‘rganishlar jarayonida uy-joy, ko‘chmas mulk ob’ektlarining egalik huquqiga oid tahliliy ma’lumotlarga ega viloyat prokuraturasi mas’ullari tomonidan ham ehtiyojmand oilalarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.  

Xususan, mulkiy hujjatga egalik qilish orqali har kim qonuniy vakolatidan foydalanish, haq-huquqini talab qilib foydali kelishuvga erishish imkoniga ega bo‘ladi.  

Qolaversa, rasmiylashtirib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan yer uchastkalarida issiqxona qurish, uy-joyni kengaytirish uchun kredit yoki subsidiya olishning imkoni yo‘q. Aholining, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanishga qaratilgan tashabbuslar natijasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat kadastr idoralariga jami 168 ta yaqin murojaat kelib tushgan. Shundan 63 tasi ijobiy hal etilgan, qolgan 105 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.  

Maxsus ishchi guruhlarning o‘rganishlari davomida 63 nafarga yaqin fuqaroga ularning uy-joylarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda amaliy yordam berilgan. Xususan, mahallalarda yashovchi nogiron, «Temir daftar»da turuvchi ehtiyojmand oilalarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.  

 Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyojmand oilalarga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga ko‘mak berilmoqda