FOTOREPORTAJ

Qurbon hayiti – mehr-oqibat, saxovat va poklik timsoli bo‘lgan muborak ayyom. Bu bayram yurtimizda insonparvarlik, bag‘rikenglik va ezgulik g‘oyalarini tarannum etishi bilan qadrlanadi. Chunonchi, hayit kunlari ehtiyojmandlarga mehr ko‘rsatish, yordam qo‘lini cho‘zish xalqimizga xos yuksak fazilatlardan. 

[gallery-23783]

Namangan viloyati Davlatobod tumanida Qurbon hayiti munosabati bilan 257 ta ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan hamda turmushida qiynalayotgan oilalarga bayram tuhfalari topshirildi. Ushbu xayrli ish tuman hokimi boshchiligida korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida amalga oshirildi. 

Jarayonda tumandagi 69 tashkilot rahbariga 5 tadan ehtiyojmand xonadon biriktirilib, jami 345 oilaning holidan doimiy ravishda xabar olish bo‘yicha kelishib olindi. 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyojmand oilalarga bayram shodligi ulashildi