O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025 yil 5 apreldagi qaroriga asosan isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratish belgilangan.

Bu yil aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash uchun 1,1 milliondan ortiq oila ro‘yxatga olindi. Ulardan 822 mingtasi ijtimoiy reyestrda mavjud, yana 290 mingdan ortig‘i esa “Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha aniqlangan.

Ijtimoiy milliy himoya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shimcha ro‘yxatga quyidagi toifadagi oilalar kiradi:

• boquvchisini yo‘qotganlar – 33,8 mingta;

• nogironligi bo‘lgan a’zosi bor oilalar – 76,3 mingta;

• og‘ir kasallikka chalingan shaxs yashaydigan oilalar – 23,7 mingta;

• yolg‘iz keksalar – 7 mingta;

• gaz tarmog‘iga ulanmagan oilalar – 2 mingta;

• bir uyda uchtadan ortiq oila yashaydiganlar – 26,2 mingta;

• boquvchisi mehnat migratsiyasida bo‘lganlar – 34,7 mingta;

• vaqtincha ishsizlar – 15,1 mingta;

• faqat pensiya hisobiga yashovchi oilalar – 69,7 mingta;

• yolg‘iz yashovchi shaxslar – 2,3 mingta.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili 120 mingta oilaga 270 ming so‘mdan yordam berilgan edi. Bu yilgi miqdor o‘tgan yilga nisbatan 2,5 baravar ko‘p.  

Mazkur dastur doirasida jami 1,2 trillion so‘m mablag‘ Davlat byudjetidan ajratilishi rejalashtirilgan.

M.HOJIAKBAROVA, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan moddiy yordam beriladi