Ehtiyojmand oila farzandlariga kitob tarqatildi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida saxovat va ko‘mak jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tumandagi yordamga muhtoj oilalarga ko‘mak berilmoqda.
Xususan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumanning Do‘stlik, Shirinobod, Nartichuqur, Navbahor Yuksalish, Yuqori Mudin hamda Mash’al mahallasida yashovchi yordamga muhtoj 11 ta xonadon holidan xabar olinib, jami 26 nafar bolaga qishki kiyimlar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida kitoblar hadya qilindi.





O‘lmas Barotov, O‘zA.