Demak, kuryer orqali ularni yetkazib berish, topshirishni ham taʼminlash kerak.

Odatda taʼminlovchi va xaridorlar oʻrtasida har kuni hisobvaraq-fakturalar, ishonchnoma, bajarilgan ishlar dalolatnomasi, tovar-transport yukxati va shu kabi oʻnlab bitimlar tuziladi. Tasavvur qiling, ikki tomon mazkur hujjatlarni qogʻoz shaklida rasmiylashtiradi. Demak, kuryer orqali ularni yetkazib berish, topshirishni ham taʼminlash kerak.

Shuncha saʼy-harakatlarga yarasha bu jarayonlar ijrosi tez va oson hal boʻlarmikin? Albatta, yoʻq. Chunki hujjatlarni qogʻoz shaklida oʻzaro almashish koʻp vaqt, xarajat talab etishi kunday ravshan.

Bunday “yoʻqotish”lar shu bilan yakun topmaydi. Buxgalterlar katta hajmdagi qogʻoz yozuvlarini birma-bir tahlil qilib chiqish uchun alohida kuch va mehnat sarflaydi. Bu ham yetmagandek, hujjatlarda xato yoki kamchiliklarga yoʻl qoʻyish, yoʻqotib qoʻyish yoki qalbakilashtirish xavfi ham yoʻq emas. Qarabsizki, hammasini yana-da qaytadan boshlashga toʻgʻri keladi.

Bunday tashvishlar yangilikka xayrihoh, qulaylikka intiluvchi ishbilarmonlar uchun mutlaqo ortiqchadir. Ular zamon talabiga mos yangi imkoniyatlarni tanlaydi, kichik tejamkorlik bilan katta unumdorlikka erishishni koʻzlaydi. Elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) tizimi ana shunday talab va istaklarga har tomonlama mos.

Ushbu tizim tezkorlik, qulaylik va sifat bobida ishonchni munosib oqlamoqda. Tizimga kiritilayotgan yangi oʻzgarishlar esa uning imkoniyatlari qamrovi va foydalanuvchilari doirasini tobora kengaytiryapti. Bu haqda “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi mutaxassisi Nodir MUHAMMADOV quyidagilarni maʼlum qildi.

– Ayni vaqtga kelib, anʼanaviy tarzda rasmiylashtirilayotgan EHFdan tashqari uning yangi shakl va turlari ham yaratildi, – dedi N.Muhammadov. – Xususan, endilikda ilgari yaratilgan xato rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan EHFlarga tuzatish kiritish zarurati yuzaga kelganda yangi turdagi hisobvaraq-fakturadan foydalanish qoʻl keladi. Uni rasmiylashtirish uchun dastlab tizimdagi “Tuzatuvchi” toifasi tanlanadi. Soʻng tuzatmoqchi boʻlgan EHFning raqam va sana, 24 elementdan iborat ID – raqami kiritiladi. Yangi yaratilgan EHF ikki tomonlama tasdiqlangandan keyin eskisining holati oʻzgaradi va yangi EHF maʼlumotlari QQS hisobotining reyestrida aks ettiriladi.

Xaridor EHFni oʻz vaqtida qabul qilmasa-chi?

Bu masala ham endi muammo emas. Xaridor (kontragent) tomonidan qabul qilinmagan, imzolash jarayonida turgan va yetkazib beruvchi tomonidan bekor qilinmagan elektron hisobvaraq-fakturalarni yetkazib beruvchi (sotuvchi)ning QQS hisobotida avtomatik tarzda shakllantirish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, xaridor (kontragent) tomonidan qabul qilinmagan, imzolash jarayonida turgan va yetkazib beruvchi tomonidan bekor qilinmagan elektron hisobvaraq-fakturalar, ular qabul qilingunga qadar xaridorning QQS hisobotida aks etmaydi va hisobga (zachyotga) olinmaydi.

Uch tomonlama taqdim etiladi. Qachonki...

Tovarlarni (xizmatlarni) topshiriq shartnomasi boʻyicha realizatsiya qilishda ishonchli vakil sotib oluvchi nomiga topshiriq beruvchi nomidan hisobvaraq-faktura taqdim etadi. Hisobvaraq-fakturada topshiriq beruvchi va sotib oluvchining rekvizitlaridan tashqari ishonchli vakilning rekvizitlari ham koʻrsatilishi lozim. Bunday hisobvaraq-faktura uch nusxada taqdim etiladi. Birinchi nusxa sotib oluvchiga, ikkinchisi topshiriq beruvchiga yuboriladi, uchinchisi esa ishonchli vakilda saqlanadi.

Hamkorlar yana-da yaqin

Korxona oʻz filiallariga ega boʻlsa, my.soliq.uz sayti orqali ularni qoʻshishi mumkin. EHF yaratilayotgan vaqtda tegishli filialni tanlash orqali kerakli hamkor bilan oʻzaro hujjat almashinuvini amalga oshirish mumkin.

Hozir respublikamiz miqyosida 203 mingdan ziyod yuridik shaxs va 40 mingdan ortiq YATTlar hisobvaraq-fakturalarning elektron shaklidan faol foydalanib, muhim vazifalarni soddalashtirishga, ish jarayonlarini yengillashtirishga erishmoqda. Foydalanuvchi kam xarj va faol harakat bilan katta samarani koʻzlagan boʻlsa, ularning safidan joy olishning ayni fursati. Agar tizim bilan bogʻliq qandaydir savol yoki tushunmovchilik boʻlsa, info@rouming.uz yoki https://rouming.uz/contacts elektron manzillariga murojaat qilish mumkin.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
EHF – zamon talabiga mos taklif
Жамият
18:22 / 08:07:2020