Egizak sportchilar shijoati
Urganch tumanidagi Cholish qoʻrgʻonida joylashgan oʻquv-mashgʻulot bazasida yoshlar oʻrtasida yozgi biatlon boʻyicha Xorazm viloyati kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
Urganch tumanidagi Cholish qoʻrgʻonida joylashgan oʻquv-mashgʻulot bazasida yoshlar oʻrtasida yozgi biatlon boʻyicha Xorazm viloyati kubogi musobaqasi oʻtkazildi.
Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat texnik va amaliy sport turlari markazining joriy yilgi taqvim rejasiga asosan uyushtirilgan mazkur musobaqada Qoʻshkoʻpir tumani oʻquv sport texnika klubi jamoasi aʼzolari, egizak sportchilar – Odamboy Rahimov va Havojon Rahimovalar tezkorlik va merganlik borasida mahorat koʻrsatib, mos ravishda oʻgʻillar hamda qizlar oʻrtasidagi birinchilikda zafar quchishdi va shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilishdi
Buning barobarida, Qoʻshkoʻpir tumani OʻSTK jamoasi umumjamoa hisobida yozgi biatlon boʻyicha 2019-yilgi viloyat kubogini qoʻlga kiritdi.
Endilikda, Xorazm vohasining eng mohir yosh yozgi biatlon ustalari 18-21-sentyabr kunlari Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida oʻtkaziladigan Oʻzbekiston birinchiligida ishtirok etishadi.