Egey dengizi yaqinida zilzila sodir bo‘ldi
sozcu.com.tr nashrining xabar berishicha, 6 may soat 2:40 da Turkiyaning Mug‘la shahrida Rixter shkalasi bo‘yicha 4.0 balli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila yaqin atrofdagi hududlarda, xususan, Datcha tumanida ham sezilgan.
Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, zilzilaning o‘chog‘i Egey dengizida 47 kilometr chuqurlikda aniqlangan. Xabarda zilzila oqibatida talofatlar qayd etilmagani, hech kim jarohat olmagani aytilmoqda.