Efiopiyada 150 nafar tinch fuqaro halok bo‘ldi
Efiopiya g‘arbida «Oromo ozodlik armiyasi» jangarilari so‘nggi bir hafta mobaynida kamida 150 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.
Bu haqda Reuters axborot agentligi Efiopiyaning inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi manbasiga asoslanib xabar qildi.
Komissiyaning bildirishicha, qurollangan ayirmachi guruh Oromiya shtati g‘arbidagi Jida Kiremu tumani aholisiga hujum qilgan. – Ularning maqsadi Efiopiyaning Oromiya davlatini mustaqil qilish, – deyiladi xabarda.
Shu bois, federal hukumat «Oromo ozodlik armiyasi»ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilgan.