Eden Azar 10-raqamni Luka Modrichdan ololmadi
Kuni kecha rasman Madrid shahrining “Real“ klubi futbolchisi sifatida tanishtirilgan belgiyalik Eden Azar o‘ziga xorvatiyalik Luka Modrichdan 10-raqamni olish borasida gapirib o‘tdi.
Kuni kecha rasman Madrid shahrining “Real“ klubi futbolchisi sifatida tanishtirilgan belgiyalik Eden Azar o‘ziga xorvatiyalik Luka Modrichdan 10-raqamni olish borasida gapirib o‘tdi.
– Men Kovachich orqali Modrich bilan gaplasha oldim. Men undan hazil tariqasida 10-raqamni berishini so‘ragandim, ammo u rad etdi. Menimcha libosdagi raqam klubning logotipidan farqli ravishda u qadar muhim emas, – deydi Azar.
Eslatib o‘tamiz, Azar “Real” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Uning transferi esa madridliklarga 100 million yevroga tushdi. Kelajakdagi bonuslar hisobiga ushbu mablag‘ yana 45 million yevroga ortishi mumkin.