Ustoz ijodkor, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov ona tilimizning zahmatkash himoyachisi, g‘amxo‘ri, posboni, targ‘ibotchisi, xazinaboni edi. Shoirning ijodi orqali ona tilimizning betakrorligi, go‘zalligi namoyon bo‘ladi.

Yurtimizda Erkin Vohidov nomidagi an’anaviy o‘zbek tili  respublika o‘zbek tili va adabiyoti fan olimpiadasining final bosqichi hamda “O‘zbek tili bayrami”ga bag‘ishlangan festival tantanali ravishda tashkil etildi.

“E Voh” deb nomlanuvchi ushbu ma’rifiy loyiha  Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, UzReport axborot agentligi, Xalqaro Nordik universiteti hamda hamkor tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi. Loyiha tadbirlari Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniida bo‘lib o‘tgani e’tiborga loyiq.  

Olimpiada o‘zbek tili va adabiyotini chuqur o‘rganish, ilg‘or pedagogik yondashuvlarni targ‘ib qilish va o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan muhim loyiha hisoblanadi.  

Birinchi bosqichda respublikaning barcha hududlaridan 10 ming nafardan ortiq o‘qituvchi ishtirok etdi. Ular orasidan saralangan 79 nafar ustoz Nordik universiteti bazasida bo‘lib o‘tgan final bosqichida insho yozish va test sinovlarida o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.

Tadbir doirasida til va adabiyotning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy suhbatlar, metodik taqdimotlar hamda madaniy dasturlar tashkil etildi.  

Qatnashchilar “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurib, ijodkorlar bilan suhbat qurdilar.  

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Green Hills Resort” hordiq maskanida olimpiada g‘oliblarini taqdirlash marosimi va “O‘zbek tili bayrami” festivali bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirliklar va idoralar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy elchixonalar, taniqli yozuvchi va shoirlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

G‘oliblarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozaxon Karimova, UzReport agentligi Bosh direktori Ravshanxon Jo‘rayev hamda Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafoqulov tabrikladilar.

Faol ishtirokchilar va g‘oliblar diplom, sertifikat, pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.  

Bayramona kechada taniqli ijodkorlar ishtirokida konsert dasturi, she’rxonlik  bo‘lib o‘tdi.

“E Voh–2025” olimpiadasi nainki  til va adabiyot bo‘yicha bilimlar bellashuvi, balki ona tilimizning nufuzi va madaniy qudratini yuksaltiruvchi, ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni kuchaytiruvchi muhim maydonga aylandi.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“E Voh–2025” o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi hamda “O‘zbek tili bayrami” festivali bo‘lib o‘tdi