Yangi o‘quv yilidan boshlab “Kundalik.com” raqamli ta’lim platformasi faoliyati “e.maktab.uz” sifatida davom ettirilishi haqida xabar berilgan edi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutasaddilarining izohiga ko‘ra, “Kundalik.com”da ayrim kamchiliklar bor bo‘lgan.

“E-maktab.uz”ning texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati boshlig‘i Hilola Izzatovaning tushuntirishicha, agar login va kalit so‘z yo‘qotib qo‘yilsa, “E-maktab.uz” foydalanuvchilari elektron pochtadan foydalanmasdan, sms-xabar yordamida kirishni tiklashlari mumkin.    

– Yangi foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng darhol telefon raqamini o‘z profiliga bog‘lashlari mumkin bo‘ladi, – dedi H.Izzatova. – Qolganlarga tizim saytga birinchi marta kirganda kontaktni tasdiqlashni taklif qiladi. Telefon raqami bilan kontaktni tasdiqlagan foydalanuvchilar SMS orqali o‘z akkauntlariga kirishni tiklashlari mumkin bo‘ladi. Agar foydalanuvchi login yoki kalit so‘zni unutgan bo‘lsa va o‘z profilida mobil telefonini ilgari tasdiqlamagan bo‘lsa, u login yoki parolini tiklash uchun maktab ma’muriyati yoki sinf rahbariga murojaat qilishi kerak. So‘ngra tizimga kirishda telefon raqamini so‘rov oynasidagi profilga yoki “Xavfsizlik” yorlig‘idagi profil sozlamalariga bog‘lash lozim bo‘ladi.    

Agar foydalanuvchining telefoniga SMS  kelmasa, tasdiqlash kodi bilan xabar yuborilgan raqam va foydalanuvchiga tegishli raqam mos kelishiga ishonch hosil qilish kerak. Shuningdek, raqam bloklanmaganligiga hamda mavjudligiga ishonch hosil qilish kerak.    

“Foydalanuvchi profillari bir xil telefon raqamlaridan qayta-qayta foydalana olmaydi, bu esa shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini qo‘shimcha tarzda ta’minlaydi. Ota-onalar o‘z raqamlariga farzandlarini “bog‘lashlari” mumkin. Kirishni tiklash uchun “Telefon orqali kalit so‘zni tiklash” opsiyasini tanlash kerak. So‘ngra telefon raqamini ko‘rsatish, tasdiqlash kodi bilan SMS -xabarni olish, uni tegishli oynaga kiritish hamda yangi kalit so‘zni ikki marta kiritish lozim.    

Agar kirishni tiklashda qiyinchiliklar yuzaga kelsa, uyali aloqa operatorining “call-markaz”iga yoki “E-maktab.uz”ning texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin: +998 (78) 888-82-82".    

SMS  yordamida kirishni tiklash bo‘yicha video yo‘riqnoma ham tayyorlandi.    

M.Qosimova tayyorladi,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“E-maktab.uz”ga SMS yordamida kirishni qanday tiklash mumkin?