Dzyudochilarimizning navbatdagi muvaffaqiyatlari
Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kungi bahslarida yigitlar o‘rtasida -60, -66, 73 kg., qizlar o‘rtasida esa -48, -52, -57 va -63 kg. vazn toifalarida g‘olib hamda sovrindorlar aniqlandi.
Quvonarlisi, final dasturida tatamiga chiqqan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 11 dzyudochisidan 9 nafari yakunda shohsupaga ko‘tarildi. So‘g‘diyona Rafkatova, Samariddin Qo‘chqorov va Dilshodbek Hamroyev o‘z vaznlarida Osiyo chempioni bo‘ldi.
Finalga qadar barcha raqiblarini yenggan Rayhona Mamatova, Nigina Saparboyeva hamda Bunyod Safarov kumush medali bilan taqdirlangan bo‘lsa, Sevinch Murodova, Mohinur Allaberganova va Muhriddin Ma’rufov bronza medaliga ega chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA