Joriy yilning 13-20 iyun kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 100 ga yaqin davlatidan 550 nafardan ortiq polvonlar musobaqa g‘olibligi va qimmatli ochkolar uchun bahs olib boradi.

Mazkur dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi 18 nafar dzyudochi bilan qatnashadi. Shuningdek, aralash jamoaviy bellashuvlarda Obidxon No‘monov, Shirinjon Yo‘ldosheva va Umida Nig‘matova ham tatamiga chiqadi.

Ayndi kunlarda O‘zbekiston ayollar va erkaklar terma jamoalari dunyo birinchiligida munosib ishtirok etish maqsadida mashg‘ulotlarga zo‘r bermoqda. Jumladan, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkent viloyatining Dukent shaharchasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan bo‘lsa, erkaklar jamoamiz Toshkentda tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yig‘inda polvonlarimiz asosiy e’tiborni jismoniy tayyorgarlikka qaratmoqda. Shuningdek, Aleksandr Budolin boshchiligidagi murabbiylar terma jamoamiz a’zolarining texnik va taktik tajribalarini oshirmoqda.

Umid qilamizki, bu galgi jahon chempionati dzyudochilarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudochilarimizni jiddiy sinov kutmoqda