Dzyudochilarimiz “Katta dubulg‘a” turnirida qatnashmoqda
Bugun, 10-may kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida dzyudo bo‘yicha "Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlari ostonasidagi so‘nggi "Katta dubulg‘a" turniri boshlandi.
84 ta davlatning 450 nafar mahoratli dzyudochilari ishtirok etayotgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining 12 nafar a’zosi sovrinli o‘rinlar bilan birga, reyting ochkolari uchun kurash olib borishi belgilangan.
Xalqaro turnir nizomiga ko‘ra, bugun yengil vaznlarda bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Dastlabki kungi musobaqalarda terma jamoamiz a’zolaridan Halima Qurbonova, Gulhayo Jo‘rayeva, Sita Qadamboyeva va Shukurjon Aminova medallar uchun kurashga kirishadi.
Musobaqalar 12-mayga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA