Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida jamoaviy aralash bahslar tashkil etildi.

Unda polvonlarimiz finalga qadar o‘tgan bellashuvlarda Fransiya, Qozog‘iston va Mo‘g‘uliston terma jamoalarini taslim etdi va so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida dzyudo vatani bo‘lgan Yaponiya termasiga qarshi bahs olib bordi. Afsuski, mazkur bahsda O‘zbekiston terma jamoasiga biroz omad yetishmadi. Buning natijasida imkoniyatni boy berib qo‘ygan dzyudochilarimiz kumush medal bilan taqdirlandi.  

Ma’lumot o‘rnida: Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yakkalik bellashuvlarida 5 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan 71 davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Aralash jamoaviy bellashuvlarda jahon vitse-chempioniga aylandi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudochilarimiz jamoaviy bahslarda vitse-chempion bo‘ldi