Bugun, 13 iyun kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bellashuvlari boshlanadi.

Yilning eng nufuzli musobaqasi bo‘lgan mazkur chempionatda 93 ta mamlakatning 556 nafar dzyudochisi o‘z vazn toifalarida dunyoning eng kuchlisi bo‘lish uchun kurashadi. Shuningdek, jahon reytingining qimmatli ochkolari yo‘lidagi kurashlarda o‘z omadini sinovdan o‘tkazishadi.

Aytish lozim, mazkur dunyo birinchiligida o‘nlab yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari, jahon va qit’a chempionlari ishtirok etmoqda. Ular orasida o‘zbekistonlik dunyo tan olgan Alisher Yusupov, Shahram Ahadov, Muzaffarbek To‘raboyev kabi mahoratli dzyudochilarimiz ham bor.

"Los-Anjeles-2028" Olimpiya sikli yo‘lidagi dastlabki nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining 18 nafar a’zosi Vatanimiz bayrog‘i ostida bahslarda qatnashadi.

Kecha chempionat oldidan mandat komissiyasining yig‘ilishi hamda qur’a tashlash marosimlari bo‘lib o‘tdi.

Bugun kun davomida erkaklar o‘rtasida 60 kilogrammda, xotin-qizlar o‘rtasida 48 kilogrammda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, -60 kilogrammda yosh dzyudochimiz Bahrom Boturov Ariunbold Enhtayvan (Mo‘g‘uliston) / Maksimilyan Heyder (Germaniya) qarama-qarshiligi g‘olibi bilan ilk bellashuvda tatamiga chiqsa, -48 kiloda Halimajon Qurbonova Vong Ka Li (Hong Kong) / Lois Petit (Belgiya) juftligi g‘olibi bilan, shuningdek ushbu vaznda Laziza Haydarova dastlabki bellashuvda fransiyalik Shirin Bukli bilan kuch sinashadi

Jahon chempionati bellashuvlari 19 iyunga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudochilarimiz Budapeshtda boshlangan jahon chempionatida qatnashmoqda