Navoiy shahridagi NKMK sport majmuasida “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi o‘tkazildi. Unda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh va iste’dodli dzyudochilar -81, -90, -100 va +100 kilogramm vazn toifalarida raqobatlashdi.
“Uzbekistan Judo Tour” turnirining vazni –81 kg. bo‘lgan polvonlar bellashuvida Ahror Ziyodullayev barcha raqiblarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Otabek To‘raboyev, Jahongir Mamatrahimov, Amir-Said Jeyliyev va Islombek Ravshanqulov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.


Tantanali taqdirlash marosimida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, viloyat sport boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etdi. Turnir g‘oliblari 22 million, kumush medal sohiblari 14 million, bronza medalini qo‘lga kiritgan sportchilar esa 7 million so‘mdan pul mukofotiga ega bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA