Dzyudo: terma jamoada yana bir xorijlik murabbiy ish boshladi
Kuni kecha mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov erkaklar terma jamoasi murabbiylar shtabining yangi a’zosi, rossiyalik mutaxassis Kamil Magomedov bilan shartnoma imzoladi.
Sportchilik faoliyati davomida 44 yoshli Kamil Magomedov -81 va -90 kilogramm vazn toifalarida 2012 yili jamoaviy jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uch karra Yevropa chempionati sovrindorligiga erishgan. Yevropa kubogi va politsiya xodimlari o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligida estoniyalik Aleksey Budolin ish olib bormoqda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA