DXX kubogi: chorak final bahslari start oldi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” o‘quv-mashg‘ulot maydonlarida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi bahslari qizg‘in pallaga yetib keldi.
Ayollar o‘rtasida o‘tayotgan mini futbol bahslarining chorak finalida “O’zbegim” (Buxoro)-“Jaloyir” (Navoiy), “To’maris” (Xorazm) – “Yangiyo’l” (Toshkent viloyati), “Nafis” (Samarqand) – “Janub qizlari” (Surxondaryo), “Sohil” (Sirdaryo) – “Gurkirov lochinlari” (Andijon) jamoalari yarim finalga chiqish uchun maydonga tushadilar. O‘g‘il bolalar bahslarida esa “Jo’yrabod” (Buxoro) – “Tumar” (Navoiy), “Qamashi” (Qashqadaryo) – “Uzunko’l” (Xorazm), “Yangi Beltepa” (Toshkent shahri) – “Baxrin” (Farg‘ona), “Yangi hayot” (Toshkent viloyati) – “Xayrobod” (Jizzax) jamoalari kuch sinashadi.
[gallery-13232]
Futbolchilar bahsida ham chorak finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Ular “Yuqori Navkent” (Namangan) – “Shodxurram” (Xorazm), “Turon” (Jizzax) – “Tasmachi” (Navoiy), “Yangi hayot” (Qashqadaryo) – “Bog’iston” (Sirdaryo), “Navbahor” (Toshkent viloyati) – “Do’stlik” (Toshkent shahri). G‘olib jamoalar yarim final bahslarida duch kelishadi.
Yarim final bahslari ertaga, 25 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
DXX kubogining g‘olib va sovrindorlari esa 26 avgust kuni ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA