Toshkent shahri va Toshkent, Farg‘ona, Buxoro hamda Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi 12 nafar fuqarodan iborat jinoiy guruh aniqlandi. Ular ijtimoiy tarmoqlar orqali buyrak va jigar kasalliklaridan aziyat chekayotgan bemorlarni topib va sog‘lom fuqarolarni mo‘may pul evaziga o‘z organini sotishga qiziqtirib, chet eldagi tanishlari yordamida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish orqali ularni go‘yoki qarindosh sifatida ko‘rsatib, qo‘shni davlatlarning biridagi xususiy klinikada jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirishgan.

Uyushgan jinoiy guruhning 2023—2025 yillardagi faoliyati davomida 32 nafar bemorga buyrak yoki jigar to‘qimalari ko‘chirib o‘tkazilgan.

O‘z navbatida, bemorlardan olingan katta miqdordagi pul mablag‘larining ma’lum bir qismi operatsiya uchun xususiy klinikaga hamda donorlarga berilgan, qolgani esa o‘zaro taqsimlangan.

Shuningdek, jarrohlik amaliyotidan keyin sog‘liqlarida ijobiy o‘zgarish bo‘lmagan bemorlarga og‘riqni qoldirish maqsadida jinoiy guruh tomonidan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari qimmat narxlarda sotilgan.

Uyushgan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1331 (inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish hamda transplantatsiya qilish shartlarini va (yoki) tartibini buzish), 228 (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 246 (kontrabanda) va 273 (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) -moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Hozirda jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun sud organlariga yuborildi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX hamda IIV xodimlari inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruhni fosh etdi