DXM olis choʻl hududlarida ham faoliyat yuritmoqda
Navoiy viloyati Konimex tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning 9 oyida 12 ming 600 ta xizmat koʻrsatildi.
Navoiy viloyati Konimex tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning 9 oyida 12 ming 600 ta xizmat koʻrsatildi.
Jamiyatning barcha qatlami manfaatlarini hisobga olgan holda faoliyat yuritayotgan markazning olis choʻl hududlari - “Baymurat” va “Uchtepa” ovul fuqarolar yigʻinlarida shoxobchalari tashkil etilgan. Shuningdek, maxsus jihozlangan mobil avtobus orqali oʻtkazilayotgan sayyor qabullar chekka qishloqlar aholisiga katta qulaylik yaratmoqda.
Ayni paytda markaz tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruxsat berish, elektr, gaz, suv tizimlariga ulanish, tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish kabi masalalarda 120 turga yaqin davlat xizmati koʻrsatilmoqda.