Bugun, 3 may kuni Dushanbeda Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning 41-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Bu haqda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ axborot xizmati xabar qilmoqda.

Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning 41-yig‘ilishida Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston elektr energetika tashkilotlari vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi (video-aloqa orqali) hamda “Energiya” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirok etmoqda.  

Unda  2022/2023 yil kuz-qish mavsumida amalga oshirilgan ishlar va mavsumda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi. Shuningdek, energetiklar yig‘ilishining kun tartibida 2023 yil sug‘orish mavsumida suv resurslarini boshqarish, mintaqada energiya taqchilligi va yirik avariyalar sodir bo‘lishining oldini olish, hamkorlik masalalaridagi istiqbolli rejalar, shu bilan birga, 2023/2024 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari haqida so‘z yuritildi.  

Eslatib o‘tamiz, mazkur yig‘ilishlarda boshqa mamlakat energetika sohasi mutaxassislari onlayn rejimda va kuzatuvchi maqomida ishtirok etmoqda.    

Nasiba Ziyodullayeva tayyorladi,

O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo energetiklari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda