Dushanbe – 2021 yilda MDH madaniy poytaxti
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri 2021 yilda MDH mamlakatlari madaniy poytaxti, deb e’lon qilindi.
Shahar hokimi Rustam Emomali shu xususdagi maxsus sertifikatni qabul qilib oldi. “Xovar” davlat axborot agentligi “Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti” davlatlararo dasturi tadbirlari haqida ma’lumot bergan. Mazkur dastur doirasida shaharda 30 dan ortiq tadbir o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Qozog‘istonning Chimkent shahri MDH davlatlari madaniy poytaxti bo‘lgan.