Dusanov Shuxrat Abdirazakovichning psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida irodaviy sifatlarni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari» mavzusida
Dusanov Shuxrat Abdirazakovichning 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligi bo‘yicha «Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida irodaviy sifatlarni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari» mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 25 iyul kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, 4-qavat, 412-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51;
ye-mail: kengash@edu.uz