Dunyoning yetakchi startapchilari mamlakatimiz tadqiqotchilari bilan uchrashdi
Y Combinator (YC)da o‘qigan 6 nafar asoschi Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand va Buxoroga borib, bir hafta davomida startap asoschilari, dasturchilar, muhandislar va tadqiqotchilar bilan uchrashdi.
Y Combinator (YC) - bu dunyodagi eng mashhur va nufuzli startap akseleratorlaridan biri bo‘lib, uning dasturida tahsil olgan yoki undan muvaffaqiyatli o‘tgan minglab taniqli tadbirkorlar mavjud.
Bugungi kunda raqamli dunyoning eng yuqori cho‘qqisida, dunyodagi eng nufuzli startap akseleratori — Y Combinator turadi. U nafaqat milliard dollarlik kompaniyalarni, balki butun boshli sohalar qoidalarini o‘zgartirib yuborgan yangi avlod tadbirkorlarini tarbiyalab chiqardi.

Mazkur uchrashuvda ham asoschilar bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazilib, MVP yaratish, marketing, mahsulotni sotish, daromad olish va startapni keyingi bosqichga olib chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.
Suhbatlarda esa startapni noldan boshlash, asoschi nimalarga e’tibor berishi, O‘zbekiston startap ekotizimi, ruhiy salomatlik va charchab qolishning oldini olish kabi mavzularda ochiq fikr almashildi.

Hafta yakunida esa ishtirokchilar Toshkentda jamlanib, Y Combinator’da o‘qigan asoschilar, mahalliy startap jamoalari va venchur fondlari vakillari ishtirokidagi yakuniy tadbir bilan dasturni yakunladi. Lekin, unda boshlangan yangi g‘oyalar va aloqalar endi o‘z yo‘lini boshlamoqda.
G.Boboyeva,
O‘zA