Kantar kompaniyasi tahlilchilari 2022 yilda dunyodagi eng boy kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi. BrandZ Top 100 Most Valuable Global Brands reytingiga turli sohalardan yuzta kompaniya kiritildi.
Ro‘yxat boshida 2022 yilda narxi 55 foizga ortib, 947 milliard dollarga yetgan Apple kompaniyasi bormoqda. Mazkur kompaniya o‘zidan keyingi o‘rinlarni egallagan Google, Amazon va Microsoftni ham ortda qoldirdi.
Dunyoning eng boy kompaniyalar o‘ntaligi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:
1. Apple — 947 milliard dollar;
2. Google — 819;
3. Amazon — 705;
4. Microsoft — 611;
5. Tencent — 214;
6. «Makdonalds» — 196;
7. VISA — 191;
8. Meta — 186;
9. Alibaba — 169;
10. Louis Vuitton — 124 milliard dollar.
Yuztalikka kirgan kompaniyalarning umumiy qiymati 8,7 trillion dollarga baholanmoqda. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, eng sezilarli o‘sish 88 foizlik ko‘rsatkich bilan Cartier kompaniyasida kuzatilgan. Tesla, YouTube va Google kompaniyalari qiymati ham 2022 yilda qariyb ikki barobarga qimmatlashgan.