Dunyoni zabt etayotgan o‘zbek yoshlari (+video)
Yoshlar har bir davlatning kelajagini, salohiyatini belgilovchi muhim ijtimoiy qatlam sanaladi. Zero, har bir jamiyatning holati, taqdiri va istiqboli unda yashayotgan yoshlarning salmog‘i, ma’naviyati va ongliligi darajasi bilan belgilanadi.
Albatta, yoshlar jamiyatning ertangi kelajagi, uning faol a’zosi, ta’bir joiz bo‘lsa jamiyat ertasining munosib vorislaridir.
Xabaringiz bor, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning iki nafar bitiruvchisi – Zohidjonov Elbek va Sunnatov Asilbek dunyoning eng nufuzli texnik oliygohlaridan biri sanalgan Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga 100 foizlik grant asosida qabul qilindi.
Elbek va Asilbek butun O‘zbekiston bo‘yicha MIT universitetiga to‘liq grant asosida o‘qish imkonini qo‘lga kiritgan sanoqli va noyob iqtidor egalaridan. QS World University Rankings reytingiga ko‘ra, MIT ketma-ket 13 yildan buyon dunyoda 1-o‘rinni egallab kelmoqda. Shuningdek, MIT 100 dan ortiq Nobel mukofoti sovrindorlarini yetishtirgan nufuzli ta’lim dargohi hisoblanadi.
Bugungi lavhamizda faxrimizga aylangan Elbek va Asilbeklar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldik.
Yoshlarning o‘z kelajak hayoti chizgilarini belgilab olishida ustozning o‘rni beqiyos. Ustoz bilim ulashadi, qalblarda ma’naviyat chirog‘ini yoqadi, o‘g‘il-qizlarimiz ko‘zlayotgan yuksak marralarga yetib borish yo‘llarini yoritadi. Biz ham fursatdan foydalanib Elbek va Asilbeklarning ushbu tarixiy natijaga yetib kelgunlariga qadar o‘z oromidan kechib, o‘quvchisining yutuqlaridan birdek mamnun bo‘lgan hurmatli ustozlarini suhbatga tortdik.
Albatta, mamlakatimizning kelajagi bo‘lgan iqtidor egalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning mahoratini oshirish yo‘lidagi barcha xayrli ishlar bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Barcha sohalar ilm-fan, sport va san’at sohalarida yangidan-yangi dunyo marralarni zabt etayotgan yoshlarimizning natijalari har bir o‘zbek fuqarosiga o‘zgacha faxr bag‘ishlayversin, deb qolamiz..
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LwmxTvHvioA" title="Dunyoni zabt etayotgan o`zbek yoshlari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Salimjon Obidjonov, O‘zA