Bolgariyaning Sofiya shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida dunyoning 71 mamlakatidan 551 nafarga yaqin polvonlar o‘zaro bellashdi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada 5 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Jumladan, musobaqaning vazni 40 kilogrammgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Dilafro‘z Boltaboyeva barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va o‘smir qizlar o‘rtasida jahon chempionatida 10 yil avval Diyora Keldiyorova tomonidan qo‘lga kiritilgan oltin medaldan so‘ng, ushbu medalni terma jamoamizga keltirgan ikkinchi dzyudochi qizga aylandi.  

Bu yilgi jahon chempionatining o‘g‘il bolalar orasidagi bahslarda  Xushnud Sultonov (50 -kg), Xushnudbek Burxonov (55 -kg),  Inomjon Bahodirov (-81 kg) va Umida Nig‘matova (+78 kg) o‘z vazn toifalarida terma jamoamiz hisobiga oltin medal keltirdi. Shuningdek, Dilshod Karimov va Sa’dulla Ravshanov bronza medal bilan taqdirlandi.  

Shu tariqa, o‘zbek dzyudosi tarixida yangi sahifa ochgan ushbu jahon chempionatida polvonlarimizdan so‘ng,  IJF bayrog‘i ostida qatnashgan rossiyalik dzyudochilar 4 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Braziliya terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasab berdi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyoni lol qoldirgan dzyudochilarimimiz jahon chempionatida tengsiz bo‘ldi