Samarqand shahridagi Registon maydonida ilk bor dunyoga mashhur italiyalik tenor – Andrea Bochelli jonli  ijroda kuyladi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Milliy banki hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ko‘magida tashkil etilgan konsert dasturini tomosha qilish uchun nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijdan ham mehmonlar, ayni paytda mamlakatimizda bo‘lgan sayyohlar Samarqandga tashrif buyurdi.

Andrea Bochelli italyan vokal an’analarining timsoli sifatida butun dunyoda tan olingan. U o‘z faoliyati davomida 90 milliondan ortiq audioyozuv sotgan, 6 marta Gremmi va 6 marta Latin Gremmi mukofotlariga sazovor bo‘lgan. U dunyodagi eng nufuzli san’at anjumanlarida, davlat rahbarlari ishtirokidagi tadbirlarda, Olimpiya o‘yinlari, jahon ko‘rgazmalari va yirik xalqaro madaniy forumlarda chiqish qilgan. 

[gallery-25109]

U 2011 yilda Andrea Bochelli jamg‘armasiga asos solgan. Mazkur jamg‘armaning asosiy maqsadi dunyo bo‘ylab madaniy-gumanitar tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Samarqanddagi konsert dasturi ham ana shu shu missiyaning bir bo‘lagi hisoblanib, O‘zbekiston bilan xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Konsertda jahonning yetakchi opera xonandalaridan biri Aida Garifulina maxsus mehmon sifatida ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri va mamlakatning yetakchi xor jamoalari qatnashdi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, Andrea Bochellining Registon maydonidagi konserti mamlakatimiz madaniy hayotida muhim voqea bo‘lib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalarning muvaffaqiyati sifatida talqin etiladi va yurtimizda madaniy turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyoga mashhur qo‘shiqchi Andrea Bochelli Registonda kuyladi