Dunyodagi eng xavfsiz shahar e’lon qilindi
2021 yilda Kopengagen ilk marotaba dunyoning xavfsiz shahri deb e’lon qilindi.
Bu shahar 100 ballik yillik hisobotda 82,4 ball to‘plagan.
Daniya poytaxti asosan ekologik xavfsizligi sababli 2019 yilda egallagan sakkizinchi o‘rindan 1 pog‘onaga ko‘tarildi.
Kopengagenni xavfsiz shahar qiluvchi muhim omillardan yana biri, bu jinoyatchilik darajasining pastligidir. Hozirgi kunda bu yerda jinoyatchilik darajasi oxirgi o‘n yillikda eng past darajada, deyiladi Kopengagen lord-meri Lars Vaysning hisobotida.
Kopengagen shuningdek, katta ijtimoiy jipslik va farovonlik darajasida nisbatan kichik tafovut bilan ham ajralib turadi. Bu shaharda farrosh va direktor bitta do‘konda xaridni amalga oshiradi va farzandlarini bitta maktabda o‘qitadi.
Toronto shahri 82,2 ball to‘plab, birinchi o‘rindan ikkinchi o‘ringa tushdi, Singapur 80,7 ball bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
www.cnn.com sayti materiallari asosida
Gulruh Abdullayeva tayyorladi, O‘zA.