Dunyodagi eng qimmat shaharlar
Economist Intelligence Unit kompaniyasi ekspertlari har yili butun dunyoda odamlar turmush tarzini o‘rganib, uning ketma ketligini tuzadi.
Economist Intelligence Unit kompaniyasi ekspertlari har yili butun dunyoda odamlar turmush tarzini o‘rganib, uning ketma ketligini tuzadi. Joriy yilda ushbu kompaniyasi tomonidan Singapur, Parij va Syurix dunyodagi eng qimmat shaharlar deb tan olindi. Tadqiqot natijalariBritaniyaning The Economist jurnalida chop etildi.
Reytingda dunyoning 133 mamlakatidagi xizmatlar, maxsulotlar va kommunal to‘lovlar narxlari taqqoslanadi.
2018-yilning eng qimmat davlati Singapur deb tan olindi. Osiyoning Janubi-Sharqida joylashgan bu davlat-shahar ketma-ket besh yil davomida eng qimmat mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilmoqda. Singapurda 1 kg non 3,71$, bir shisha vino 23,68$, 1 litr benzin 1,56$ etib belgilangan.

Ikkinchi o‘rinda — Parij. Bu yerda non 6,33$, bir shisha vino –11,90$, benzin esa – 1,77$ ni tashkil etar ekan.

Uchinchi o‘rinda - Syurix. Syurixda non 5,31$, vino – 15,89$, benzin –1,68$.

Shuningdek, birinchi o‘ntalikka Gonkong, Oslo, Jeneva, Seul, Kopengagen, Tel-Aviv va Sidney shaharlari kirgan.Eng qizig‘i, AQSHning hech bir shahri bu o‘ntalikka kiritilmadi. Nyu-York 13-o‘rinni, Los-Andjeles esa 14-o‘rinni egalladi. Ekspertchilarning fikricha, bu holat AQSH dollarining susayishi bilan bog‘liq.
Ayni paytda dunyoning yashash uchun eng arzon shaharlari sifatida Damashq, Karakas, Olma-ota, Lagos va Bangalor deb topilgan.