Hammamizga ma’lum va mashhur bo‘lgan, hozirda Yelizavetta II tojining markazidan joy olgan Ko‘hinur olmosi katta sir-sinoatlarga boydir.

Hammamizga ma’lum va mashhur bo‘lgan, hozirda Yelizavetta II tojining markazidan joy olgan Ko‘hinur olmosi katta sir-sinoatlarga boydir. Bu tilsiz javohir katta ishlarga o‘zini safarbar etgan buyuk shaxslar qo‘lida bo‘lgan. Uning og‘irligi 191.10 karat bo‘lib, jahondagi eng mashhur olmoslardan biridir. Nomi Ko‘hinur deb atalishida ham katta ma’no bor. Ko‘hinur forschadan kelib chiqqan bo‘lib, «tog‘ nuri» degan ma’noni anglatadi. U ega chiqqan hukmdorlarning kuch va qudratdagi ramzi bo‘lgan. Buyuk davlat arbobi, vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur bu olmosning bahosiga dunyo aholisini 2 yarim kun boqish mumkinligini aytgan. Olmos qariyb 150 yildan buyon Britaniya qirollik oilasida saqlanadi. Ko‘hinur olmosi boburiylar davrida ham mashhur bo‘lgan. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, Ko‘hinur olmosi XIX asrlarda ham dunyodagi eng katta olmos bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur ham bu olmosni ko‘rganda: «Bu qanday javohir?”, deb aytgan. Olmosning katta ekanligini shu gapdan ham bilsa bo‘ladi.

Hind afsonalariga ko‘ra, bu olmos ham o‘z egasini tanlaydi. Unga ega chiqqan kimdir qudratli, boshqasi esa xonavayron bo‘lgan. Shuning barobarida Ko‘hinur olmosi boburiy shahzodalarga kuch-qudrat olib kelgan. Bu olmosning tarixini tarixshunoslar 1304 yilga taqqoslaydilar. Chunki olmos shu yillardan tarix solnomalariga kira boshlagan. XIX asrda Hindistonda inglizlar bosqinidan keyin «Ost-India» kompaniyasi Ko‘hinur olmosini qirolicha Viktoriyaga taqdim etadi. Hozirda Ko‘hinur olmosi dunyodagi eng qimmat bosh kiyim nomiga sazovor bo‘lgan Angliya qirollik tojining markazida turibdi va bu tojdagi 2800 ta qimmatbaho toshlarning eng kattasidir. Ko‘hinur olmosi so‘nggi yuz yil ichida qayta sayqallanish jarayonida 43 % vaznini yo‘qotgan. Bu olmos Angliya qirollariga shon-shuhrat keltirgan. Bahodirshoh II vafotidan keyin bu olmos Angliyaga olib ketilgan. Shu davrdan boshlab buyuk boburiylar sulolasi tanazzulga uchradi, Angliya esa dunyoda o‘z o‘rnini topib, buyuk davlatga aylandi. Boburiylarning 332 yillik tarixiga guvoh bo‘lgan Ko‘hinur olmosi Angliyada ham aynan shu ishni bajaryapti.

Ko‘hinur tom ma’nodagi go‘zalliklarni ifoda etuvchi, o‘zining bor salobati bilan dunyo ahlini lol qoldirishga erishgan olmosdir. Buning barobarida u dunyodagi eng «qari» olmoslardan biridir. Boburiy shahzodalar ham bu olmosga katta e’tibor qaratgan. Bu olmos Agra qo‘rg‘onidagi Bahodirshoh II xonaqohlaridan birida xufya holda saqlangan. Inglizlar boburiylarni qirg‘in qilayotgan paytda Bahodirshoh IIning faqatgina bitta qizi omon qolgan va inglizlardan qochib qutilgan. Hozirda boburiylarning so‘nggi avlodlari Hindiston zaminida muqim qo‘nim topgan. Bu olmos eng kichik zarralardan yasalgan buyuk asarga o‘xshaydi. Haykaltarosh o‘z asarini yaratganda uning qilgan mehnatlari ko‘z o‘ngida mujassamlashadi. Balki bu olmosni tog‘ qaridan bunyod qilgan inson ham o‘z mehnati, shijoatining mahsuli paydo bo‘lganini endi bilayotgandir, garchi u hozir hayot bo‘lmasa ham. Ko‘hinurdek buyuk olmos o‘rta asrlardan to hozirgi davrgacha bo‘lgan tarixni bosib o‘tdi. Bunday javohirning bahosi bo‘lmaydi, bu olmosning oshiqlari, qanchadan-qancha oshuftalari bo‘lishi mumkin. Lekin Ko‘hinur hech qaysi olmos bilan sayqallashmaydi, har jabhada bellashmaydi. Shuning uchun uning bahosi baland, shuning uchun haqiqiy san’at asarining o‘zginasidir.

Matluba Fayzullayeva,

Chilonzor tumani 90-maktabning

tarix fani o‘qituvchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyodagi eng «qari» olmos: unga ega chiqqanlardan kimdir qudratli, boshqasi esa xonavayron bo‘lgan