Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda nogironlar soni, ularning dunyo aholisidagi ulushi 1 milliarddan ortiq bo‘lib, bu 15 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda nogironlar soni 760 ming nafarga yaqin. Ularning 120 mingga yaqini 18 va undan kichik yoshdagi nogiron bolalardir. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorning birinchi o‘rinbosari Bahodir Karimov aytib o‘tdi.

Brifingda ta’kidlanganidek, o‘tgan besh yil mobaynida mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining tibbiy-ijtimoiy xizmatlarga muhtoj boshqa qatlamlari uchun pensiya va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi "Nogironlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ushbu dolzarb masalalarni hal etish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Qarorga muvofiq, zamonaviy protez-ortopediya moslamalari, reabilitatsiya qilishning texnik vositalari va aloqa vositalari bolalar va kattalar nogironligining oldini olish, ularning samarali reabilitatsiyasi, to‘laqonli turmush tarzi olib borishi va huquqiy salohiyatini oshirishga ko‘maklashadi.

Zamonaviy ta’lim muassasalarida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni zamonaviy eshitish vositalari bilan ta’minlash orqali adaptiv ta’lim tizimi joriy etiladi. Shu maqsadda joriy yil oxiriga qadar "Zamin” xalqaro jamoat jamg‘armasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 4 mingta zamonaviy eshitish moslamasi xarid qilinadi va u ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan eshitish qobiliyati zaif bolalarga yetkaziladi.

Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalash, o‘qitish, shuningdek, eshitish qobiliyati buzilishlarini o‘z vaqtida tuzatish uchun maqbul ta’lim sharoitlarini ta’minlash zarurligini inobatga olib, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi "Zamin International Community" jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim va  Xalq ta’lim vazirliklari bilan birgalikda "Eshitishni istayman!" loyihasini amalga oshirishga kelishib olindi. Bu loyihaning asosiy maqsadi Toshkent shahar davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan eshitishida nuqsoni bo‘lgan 75 nafar bola hayotini idrok etish sifatini, 18 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatdan eshitishida nuqsoni bo‘lgan 5 ming 67 nafar bolaning hayotini idrok etish sifatini oshirish hamda ularni zamonaviy eshitish protezlari bilan ta’minlash orqali ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligiga erishishga ko‘maklashishdan iborat.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori turli kasallik va jarohatlar asoratlarini erta aniqlash, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tez va sifatli ko‘rsatish, tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish, fuqarolar nogironligining samarali oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur qaror natijasida yuzlab, minglab fuqarolarning kelajakka ishonchi ortadi, yuzlab oilalar uchun baxtli va mazmunli hayot ta’minlanadi.  

Mohigul Qosimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyoda 1 milliarddan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar yashaydi