Polsha razvedka mikro sun’iy yo‘ldoshlar sotib oldi

Polsha armiyasi 135 million dollarga to‘rtta razvedka mikro sun’iy yo‘ldosh sotib oldi. Ushbu qurilmalar 2025-2026 yillarda orbitaga chiqarishi rejalashtirilgan.

Mamlakat Mudofaa vazirligi rahbari Vladislav Kosinyak-Kamish ma’lumot berishicha, yo‘ldoshlarning birinchisi kelasi yil, qolganlari 2026 yil yer orbitasiga ko‘tariladi.

Hozirgacha Polshada harbiy sun’iy yo‘ldosh yo‘q edi. 2022 yil dekabr oyida Varshava Fransiyadan xarib qilgan ikkita kuzatuvchi sun’iy yo‘ldosh ham 2027 yilgacha uchiriladi.

AQSH Ukrainaga so‘nggi yordam paketini ajratadi

Bayden не исключил использоvaние военной силы SША для защиты Тайvaня — RBK

“Reuters” yozishicha, AQSH yaqin kunlarda Ukrainaga 1,2 milliard dollarlik so‘nggi yordam paketini e’lon qiladi. Prezident Jo Bayden ko‘rsatmasi bilan amalga oshirilayotgan bu galgi ko‘mak zambarak uchun o‘q-dori va zenit-raketalardan iborat.

Shuningdek, Oq uy rahbari qurol-yaroq va harbiy texnika zaxirasidan Tayvanga prezident vakolati ostida 571 million dollar ajratilganini ham bildirdi.

Ikki fuqaroligi uchun uch nafar rossiyalik Qozog‘istondan chiqarib yuborildi

Rossiyaн выдворили из Казахсtaна за двойное гражdaнство - el.kz

Ikki davlat fuqaroligiga ega bo‘lgani uchun uch nafar rossiyalik jarimaga tortildi va Qozog‘istondan chiqarib yuborildi. Bu haqda respublika IIV matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Endi ular besh yil mobaynida Qozog‘iston hududiga kiritilmaydi.

Ispaniya qiruvchi samolyotlar xarid qiladi

Spain orders 20 Eurofighter jets to modernise combat aircraft fleet - AGN

Ispaniya hukumati “Airbus” kompaniyasi bilan 25 ta yangi qiruvchi samolyot sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzoladi, deyilgan qirollik Mudofaa vazirligi tarqatgan matbuot xabarnomasida. Shu tariqa mamlakatning “Eurofighter” parkidagi uchoqlar soni 115 taga yetadi. Jangovar temir qanotli qurilmalar 2026-2030 yillar davomida yetkazib beriladi.

Ukraina 1 yanvardan Rossiya gazini o‘tkazmaydi

Ukraina прекратит транзит российского gazа 1 янvaря 2025 гоda -  Парламентская gazеta

Ukraina 2025 yil 1 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 8:00 da Rossiyadan Yevropaga o‘tayotgan gaz tranzitini to‘xtatadi, dedi juma kuni mamlakat Bosh vazir Denis Shmigal. Energetika vaziri German Galushchenko 12 dekabr kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan Germaniya – Ukraina biznes forumi chog‘ida shunday qarorga kelinganini aytgan edi.

“RBK-Ukraina” agentligi xabarida hukumat rahbarining quyidagi so‘zlari iqtibos sifatida keltirilgan:

– Bilamizki, gaz tranziti bo‘yicha kelishuv yil oxirida tugaydi. Yangi yilning birinchi kuni ertalab soat 7:00 da – Moskva vaqti bilan 8:00 da kelishuv muddati yakunlangani sababli oqim to‘siladi.

AQSHda yilning so‘nggi o‘lim hukmi ijro etildi

В SША состоялась последняя казнь за 2024 год | МАМУЛ.ам - Новости из  Армении, Арцаха (Нагорный Карабах) и мира

Payshanba kuni ertalab Oklaxoma shtatida AQSHning 2024 yildagi oxirgi qatl jazosi amalga oshirildi.

NBC News” telekanali xabarida aytilishicha, bu gal 2006 yil 10 yoshli qizni o‘ldirishda ayblangan oziq-ovqat do‘koni sobiq xodimina nisbatan o‘qilgan hukm ijro etildi.

45 yoshli erkak o‘zi tug‘ilgan kunda inson hayotiga nuqta qo‘yadigan in’eksiya yordamida narigi dunyoga ravona qilingan. Oklaxomaning avf etish va shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish kengashi avvalroq jinoyatchining kechirim so‘rovini rad etgan edi.

Ukraina Turkiyaga elchi tayinladi

Нариман Джелял – крымчанам: «Нужно выстоять и сохранить свою принадлежность  к свободному миру»

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrim-tatar xalqi majlisi raisi o‘rinbosari Narimon Jalolni Turkiyaga elchi etib tayinladi. Bu haqda mamlakat yetakchisi ijtimoiy tarmoq orqali e’lon qilgan murojaatida gapirdi. 2021 yil 4 sentyabr kuni Rossiya tomonidan Simferopol yaqinidagi Perevalnoye gaz quvurining bir qismini portlatganlikda ayblanib, hibsga olinib, 17 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Jalol  shu yil iyunda mahbuslar almashinuvi natijasida ozod etilgan.

AQSH Al-Jo‘loniy haqidagi ma’lumot uchun mukofotni bekor qildi

Кто taкой аль-Джулани – лидyer тех, кто свyerг Асаda в Sирии - Ведомости

AQSH Davlat departamenti vakillari Damashqda “Hay’at tahrir ash-Shom” (HTS) yetakchisi  Abu Muhammad Al-Jo‘loniy bilan uchrashdi. Davlat kotibining Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha yordamchisi Barbara Leaf aytishicha, muzokara chog‘ida Jo‘loniyning qayerdaligi haqidagi ma’lumot uchun va’da qilingan 10 million dollar mukofot bekor qilingan. 

Ta’kidlanishicha, uchrashuv ijobiy muhitda o‘tib, Suriyadagi siyosiy o‘tish tamoyillari, shuningdek mintaqada terror tahdidi kuchayishining oldini olish choralari muhokama qilingan. Leaf qo‘shimcha qilishicha, Al-Jo‘loniy ilgari surilgan shartlarni bajarishga tayyorligini bildirgan.

S.Rahimov,O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo xabarlari qisqa satrlarda