-

AQSH Xitoyni strategik qurol yaratishga sarmoya kiritishda aybladi

AQSH fikricha, Pekin bilan Rossiya – Amerika strategik qurolni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomaga o‘xshash kelishuv bo‘lmagani sababli, Xitoy shu yo‘nalishga sarmoya kiritmoqda. Ayni fikrni Oq uy Milliy xavfsizlik kengashida strategik aloqalarni muvofiqlashtiruvchi Jon Kirbi bildirgan.

Джон Kirbi: мы хотим, чтобы Украина преuспела и на поле боя, и за столом  переговоров

– Muayyan kelishuv yo‘q va shu bois, bilamizki, Xitoy shunday qurollar uchun sarmoya kiritishda davom etmoqda, – dedi u Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi brifingida jurnalistlarga. – Prezident Jo Bayden bu masalada Xitoy bilan munosabatni muvofiqlashtirishga harakat qilyapti. Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelishiga hech qanday sabab yo‘qligiga ishonaman.

YeI Bolgariya va Ruminiyani Shengenning to‘laqonli a’zoligiga qabul qilmoqchi

Bolgariya и Рuмыния сtaли частью Shengenской зоны | Euronews

Ikki hafta ichida Yevropa Komissiyasi Bolgariya va Ruminiyani Shengen hududi, jumladan quruqlikdagi transport tizimiga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilish taklifini kiritadi, dedi YeI Bolgariyadagi vakolatxonasi rahbari Yordanka Chobanova.

YeI Kengashi qaroriga ko‘ra, 31 martdan bu ikki qo‘shni davlat Shengen makoniga kiritilgan. Hozircha bu davlatlar uchun chegara nazorati faqat dengiz va havo hududida bekor qilingan. Quruqlikda esa nazorat saqlab qolingan.

Yevropa OAV avvalroq xabar qilganidek, Ruminiya va Bolgariyaning to‘liq integratsiyasi noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash sharti bajarilishiga bog‘liq. Ya’ni, YeIga o‘z chegarasi orqali kirgan muhojirlar bilan o‘zlari shug‘ullanishi va ularni boshqa davlatga o‘tkazmasligi lozim bo‘ladi.

Bayden ikkinchi muddatga saylanmaslik qarorini izohladi

Bayden uпомянuл Пuтина, выстuпая на Генассамблее ООН - РИА Новости,  24.09.2024

AQSH Prezidenti Jo Bayden ikkinchi muddatga prezidentlik uchun kurashdan voz kechish qiyin kechganini tan oldi.

– Demokratiya saqlanib qolishini prezidentligimning asosiy maqsadi etib belgiladim, – dedi u BMT Bosh Assambleyasiga murojaatida. – Yozda ikkinchi muddatga da’vodan kechishimga to‘g‘ri keldi. Bu qiyin qaror edi, chunki prezident bo‘lish hayotimdagi eng oliy sharaf. Men ko‘p ishlashni xohlardim, lekin ishimdan ko‘ra mamlakatimni ko‘proq yaxshi ko‘raman.

AQSHda prezidentlik saylovi 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Braziliya Prezidenti Ukrainadagi mojaro haqida yangi bayonot berdi

Tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qayta tiklanishi Ukrainadagi mojaroni to‘xtatish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega, dedi Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqida.

– Hech bir tomon maqsadiga harbiy yo‘l bilan erisha olmasligi allaqachon ayon bo‘ldi, – dedi u. – Vayron qiluvchi qurol qo‘llangani sari sovuq urush davridagi befoyda qarama-qarshilikning qorong‘i davri esga tushmoqda. O‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qayta tiklanishi uchun sharoit yaratish tomonlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Aynan shunday mazmun Xitoy va Braziliya tomonidan muloqot jarayonini yo‘lga qo‘yish va harbiy harakatni to‘xtatish uchun taklif qilingan kelishuv loyihasida mavjud.

AQSH Turkiyaga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib beruvchi

eng yirik davlatga aylandi.

Эрдоган подписал протокол о встuплении Швеции в НАТО - Korrespondent.net

Bu haqda Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an Nyu-Yorkda Turkiya – Amerika ishbilarmonlar kengashi tadbirida gapirgan.

“Trend” tarqatgan xabarda shunday deyilgan:

– Amerika eng yirik suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib beruvchimizga aylandi va bu munosabat uzoq muddatli shartnoma bilan tasdiqlanadi, – dedi Turkiya yetakchisi. – Ayni yo‘nalishdagi muhim qadam sifatida tegishli energetika kompaniyalari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Turkiya va AQSH o‘rtasida savdo hajmi 2023 yil 30 milliard dollardan oshdi va o‘sish uchun hali ulkan salohiyat mavjud.

Qardosh mamlakatning gazga ehtiyoji yiliga taxminan 50 milliard kub/metrni tashkil qiladi.

Armaniston va Ozarbayjon delegatsiyasi Jenevada uchrashadi

Армения и Азербайджан обсuдят мир на встрече в Женеве | Factor.am

Armaniston va Ozarbayjon parlamentlari spikerlari Alen Simonyan va Sohiba Gafarova uchinchi bor, 13-17 oktyabr kunlari Jenevada bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoq (PI) 149-Assambleyasi doirasida uchrashadi. Muloqot davomida mintaqada tinchlik o‘rnatish borasidagi sa’y-harakat muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda PI matbuot kotibi Tomas Fitssimons ma’lum qilgan. Uchrashuvning aniq sanasi ma’lum emas.

2022 yil Yerevan va Boku Rossiya, AQSH va Yevropa Ittifoqi vositachiligida bo‘lajak tinchlik shartnomasini muhokama qila boshlagan. O‘tgan yil may oyi oxirida Pashinyan Yerevan Ozarbayjonning sobiq ittifoq davri, ya’ni Qorabog‘ bilan birgalikdagi chegara bilan suverenitetini tan olishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Gaiti nodavlat tashkiloti

Trampni hibsga olish bo‘yicha sudga murojaat qildi

Гаитянское НКО поdaло в сuд, трyebuя арестоvaть Trampа - РИА Новости,  25.09.2024

AQSHdagi gaitilik muhojirlar huquqini himoya qiluvchi “Haitian Bridge Alliance” nodavlat tashkiloti Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp va uning sherigi Жей-Di Vens hibsga olinishini so‘rab sudga murojaat qilgani haqida xabar tarqatdi.

Tramp va Vens avvalroq gaitilik muhojirlar Springfild shahrida uy hayvonlarini yeb yurganini aytgan. Mahalliy politsiya bu haqda hech qanday dalil yo‘qligini ma’lum qilgan. Gaiti rasmiylari sobiq yetakchi bayonotini insonlarni kamsitishga yo‘ygan.

Qayd etilishicha, so‘nggi haftalarda respublikachilar izohi orqali Springfildga 33 ta bomba tahdidi kelib tushgan, “irqchilik tahdidi” tufayli munitsipal binolar bir necha bor evakuatsiya qilinishiga to‘g‘ri kelgan.

Ogayo qonuni shaxslarga sudda jinoiy ayblov qo‘yishga ruxsat beradi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo xabarlari qisqa satrlarda